logo is here
Uzbek Rus

Foydalanish siyosati/ Bosh sahifa

1. UMUMIY MA'LUMOT

Sizning shaxsiy hayotingiz biz uchun juda muhim. Quyidagi maxfiylik siyosati «Moviy Tv» servisi va unga tegishli veb, televizor va mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan ilovalarga («Ilovalar») taalluqlidir.

2. QANDAY TURDAGI MA'LUMOTLARNI YIG'AMIZ

Biz foydalanuvchini autentifikatsiya qilish maqsadida uni aniqlovchi ma’lumotlar, shuningdek anonim texnik ma’lumotlar va foydalanish statistikasi kabi ma’lumotlarni yig’amiz va saqlaymiz. Bu ma’lumotlarga foydalanuvchining elektron pochta manzili, Ilovalardan foydalanish sanasi va vaqti, IP-manzillar kiradi. Ilovalar tomonidan yig‘ilgan statistika ilova ishlayotgan qurilma turlari, navigatsiya va ilovadan foydalanish haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

3. MA'LUMOTLARNI FOYDALANISH

Ilovalarda yig‘ilgan ma’lumotlar faqat «Moviy Tv» xizmatini yaxshilash maqsadida ishlatiladi va foydalanuvchini aniqlash uchun boshqa maqsadlarda foydalanilmaydi, bundan Ilovalarda avtorizatsiyadan o‘tish holatlari mustasno. Ayniqsa, foydalanuvchi akkaunti Ilovalar yig‘gan statistik ma’lumotlar bilan bog‘lanmaydi.

4. MUALLIFLIK HUQUQI

Foydalanuvchilar «MoviyTv» servisi orqali foydalanayotgan kontent mualliflik huquqi qonunlariga muvofiq, zarur litsenziyalar olingan holda va tegishli litsenzion shartnomalar, ruxsat xatlari va boshqa huquqiy hujjatlar asosida taqdim etiladi. Ilovalar dizayni, logotiplari, tovar belgilari ularning qonuniy egalariga tegishli. Ilovalarda mavjud kontentni ilovalarning o‘z funksiyalari orqali foydalanishdan tashqari har qanday ko‘chirish, tarqatish, nusxalash yoki o‘zgartirish qat’iyan man etiladi.

5. SAVDO BELGILARI

«MoviyTv» logotipi "TEAMWORK IT SOLUTIONS" MChJ tomonidan ishlab chiqilgan hisoblanadi va huquq egasi roziligi bilan ishlatiladi. Ilovada ishlatilgan telekanal logotiplari tegishli huquq egalari mulki bo‘lib, litsenziya asosida foydalaniladi.

6. KAFOLATLAR MAVJUD EMAS

«TEAMWORK IT SOLUTIONS» MChJ «MoviyTv» servisi va unga tegishli ilovalar, materiallar, mahsulotlar, ma’lumotlar va veb-saytlar orqali taqdim etiladigan xizmatlar bo‘yicha hech qanday aniq yoki bilvosita kafolatlar, bayonotlar yoki tasdiqlar bermaydi (shu jumladan, cheklanmagan holda, ma’lum maqsadlarga yaroqlilik kafolatlari). «LS UNIVERSE» MChJ yoki uning hamkorlari hech qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita xarajatlar yoki zararlar uchun javobgar emas. «TelecomTV» servisi va unga bog‘liq ilovalar «QANDAY BO‘LSA, SHUNDAY» tarzda taqdim etiladi.

HECH QANDAY HOLATDA «TEAMWORK IT SOLUTIONS» MChJ boshqaruvchilari, rahbarlari, xodimlari, agentlari va vakolatli shaxslari (1) foydalanuvchi daromadi yo‘qolishi, biznesning to‘xtashi, dastur yoki ma’lumotlar yo‘qolishi kabi holatlardan kelib chiqadigan bevosita, bilvosita yoki tasodifiy zararlarga, yoki (2) servisda yoki ilovalarda mavjud xatolik, kamchilik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarga asoslangan da’volarga javobgar bo‘lmaydi, hatto agar «Moviy Tv» servisi yoki uning vakillari bunday zarar ehtimoli haqida ogohlantirilgan bo‘lsa ham.

7. TO'LOV VA QOPLASH

Siz «TEAMWORK IT SOLUTIONS» MChJ, «MoviyTv» servisi va unga tegishli ilovalar, boshqaruvchilar, rahbariyat, xodimlar, agentlar va vakolatli shaxslarni «Moviy Tv» servisidan foydalanishingiz yoki ushbu maxfiylik siyosatini buzganingiz natijasida yuzaga keladigan har qanday zarar, xarajat (shu jumladan asosli sud xarajatlari), da’volar va majburiyatlardan ozod qilishga va ularning o‘rnini qoplashga rozilik bildirasiz.

8. QO'LLANILADIGAN QONUNCHILIK VA YURISDIKSIYA

Ushbu maxfiylik siyosati O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tuzilgan va tartibga solinadi.

9. OXIRGI YANGILANGAN SANA

Ushbu maxfiylik siyosati oxirgi marta 2025 yil 27-mayda yangilangan.

10. ALOQA MA'LUMOTLARI

Veb-sayt bo‘yicha savollar yoki fikr-mulohazalaringizni quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: moviytvuz@gmail.com

+998 95 225 77 77
moviytvuz@gmail.com
Maxfiylik va xavfsizlik